Gurlan tuman Kengashi sardorlari saylandi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi ,O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan imzolangan qo‘shma qarorga muvofiq 2022-2023-o‘quv yilida “Tengdosh - tengdoshga” tamoyili asosida iqtidorli bolalarni izlab topish, ularning qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, faol bo‘lmagan yoshlar bilan tizimli ishlarni tashkil qilish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning sentabr oyida Xorazm viloyatining barcha tuman va shaharlarida Sardorlar sayloviga start berilgan edi. 

Jumladan, Gurlan tumanida tuman sardorlar Kengashi saylovi bo'lib o'tdi hamda munosib nomzodlar Gurlan tuman sardorlar Kengashi sardorligiga saylandilar.

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Sentabr 27, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 365 marta