G‘alla o‘rimiga kirishildi

 

Yangibozor tumanidagi “Xorazm faxri” fermer xo‘jaligi dalalarida viloyatda g‘alla o‘rim-yig‘imi boshlanishi munosabati bilan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi. Tadbirda sektor rahbarlari, fermerlar, qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislari  ishtirok etdi.

 

Bugun  Yangibozor tumanidagi “Xorazm faxri” fermer xo‘jaligi dalalarida viloyatda g‘alla o‘rim-yig‘imi boshlanishi munosabati bilan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi. Tadbirda sektor rahbarlari, fermerlar, qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislari  ishtirok etdi.

Seminarda viloyati hokimi Farxod Ermanov so‘zga chiqib, o‘rim-yig‘imni uyushqoqlik bilan tizimli tashkil etish, fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan hosilni xarid qilish tizimidagi yangiliklar to‘g‘risida to‘xtaldi. Ta’kidlandiki, endilikda g‘alla hosilini davlat zahirasiga qabul qilish va birja savdolariga chiqarish mamlakatimiz Prezidentining 2021 yil 15 noyabrdagi “G‘alla yetishtirish va sotishda erkin raqobatni ta’minlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish” to‘g‘risidagi qarori asosida tashkil etiladi. 

 

Seminarda g‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlarni joylashtirish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berildi.

 

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati

 


Iyun 11, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 511 marta