Dxx kubogi musobaqasining Gurlan tuman bosqichi g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi

Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish yo‘lida mahalla yoshlari o‘rtasida  sportning futbol va mini-fudbol turi bo‘yicha “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” uchun o‘tkazilgan musobaqalarining tuman bosqichi yakuniga yetdi.

Ushbu bosqichning yakuniy natijalariga ko‘ra:
Futbol bo'yicha:
1-o‘rin "Chakkalar" MFY jamoasiga;
2-o‘rin "Ziyokor" MFY jamoasiga;
3-o‘rin "Mevazor" MFY jamoasiga nasib etdi.

Mini-futbol bo'yicha:
1-o‘rin "Yangi bog‘ " MFY jamoasiga;
2-o‘rin "Do‘simbiy" MFY jamoasiga;
3-o‘rin "Paxtakor" MFY jamoasiga nasib etdi.

Musobaqa yakunida g‘olib jamoalarga tuman hokimi Murodjon Achilov va sektor rahbarlari  tomonidan musobaqa kubogi va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.  


Iyun 01, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 505 marta