Deputatlar faoliyati

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Z.Abdirimov tuman hokimi M.Achilov bilan birgalikda “Mevazor” mahallasida yangidan rekonstruksiya qilingan Madaniyat markazining qurilish va ta’mirlash ishlari hamda aholining hordiq chiqarishi uchun yaratilayotgan qulaylik va shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Tuman hokimi M.Achilov aholining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va munosib dam olishlari uchun shart-sharoitlarini yaxshilash maksadida amalga oshirilayotgan bu kabi bunyodkorlik ishlari kelgusida ham davom ettirilishini ta’kidlab o‘tdi.

Tashrif davomida deputat Z.Abdirimov "Mevazor" va "Do‘stlik bog‘i" mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va hokim yordamchilari bilan uchrashib, mahallalarda aholini tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha muammolar va takliflarni o‘rganib, bu bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

Shuningdek, joriy yilda o‘tkaziladigan mahalla fuqarolar yig‘ini raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashi kotibiyati binosida tashkil etilgan shtabda ishchi guruh a’zolari bilan suhbat o‘tkazildi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


May 06, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 638 marta