Daryo qirgʼoqida tegishli ruxsatlarsiz noqonuniy ekin ekish ishlariga chek qo’yildi

Xorazm viloyatida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, viloyat Favqulodda Vaziyatlar boshqarmasi hodimalari balan hamkorlikda o'tkazilgan nazorat tadbirlari davomida Gurlan tumani Vazir qishlogʼi hududidan oqib oʼtuvchi "Аmudaryo" daryosi sohil boʼyi mintaqasidan shu qishloqda yashovchi fuqaro M.S tomonidan daryo qirgʼoqida tegishli ruxsatlarsiz noqonuniy ekin ekish maqsadida tekislash va sugʼorish ishlarini bajarib suvni muhofaza qilish zonasining rejimini buzilishiga olib keladigan xatti-xarakatlarni sodir qilganlik holati aniqlandi.

Аniqlangan holat yuzasidan fuqaro M.S ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 82-moddasi 2-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi va ushbu hudud ekologiya inspektorlari tomonidan nazoratga olindi.

Xorazm viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Matbuot xizmati


Iyun 01, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 433 marta