DXX kubogi uchun yangi mavsumning tuman saralash bosqichiga start berildi!

Ma’lumki yurtimizdagi barcha mahalla yoshlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalari o‘tkazilmoqda.

Jumladan, Gurlan tumani yoshlarining ham ushbu musobaqa bosh sovrini uchun muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash maqsadida tuman hududida joylashgan 50 ta mahalla yoshlari o‘rtasida DXX kubogi musobaqasining tuman saralash bosqichiga start berildi.

Gurlan sport majmuasida bo‘lib o‘tgan ochilish marosimida tuman hokimi Umrbek Jumaniyazov, sektor rahbarlari va tegishli tashkilot mutasaddilari hamda mahallalardagi yoshlar yetakchilari ishtirok qildi.

Musobaqa oldidan qur’a tashlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi va sektor rahbarlari yosh sportchilarga ushbu bahslarda muvaffaqiyat tiladilar.

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati


Aprel 15, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 294 marta