DXX kubogi musobaqasining gurlan tuman bosqichi g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi

Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish yo‘lida mahalla yoshlari o‘rtasida  sportning futbol va mini-fudbol turi bo‘yicha “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” uchun o‘tkazilgan musobaqalarining tuman bosqichi yakuniga yetdi.

Ushbu bosqichning yakuniy natijalariga ko‘ra:

Futbol bo'yicha:

1-o‘rin "Chakkalar" MFY jamoasiga;

2-o‘rin "Ziyokor" MFY jamoasiga;

3-o‘rin "Mevazor" MFY jamoasiga nasib etdi.

Mini-futbol bo'yicha:

1-o‘rin "Yangi bog‘ " MFY jamoasiga;

2-o‘rin "Do‘simbiy" MFY jamoasiga;

3-o‘rin "Paxtakor" MFY jamoasiga nasib etdi.

Musobaqa yakunida g‘olib jamoalarga tuman hokimi Murodjon Achilov va sektor rahbarlari  tomonidan musobaqa kubogi va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. 

 

Chakkalar va Yangi bog‘ mahallasi jamoalariga viloyat bosqichida ham omad yor bo‘lishini tilaymiz.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


May 31, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 419 marta