DIQQAT TANLOV!

Xorazm viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi hamda Xorazm viloyati turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi tomonidan “Turizm jozibadorligi ommaviy axborot vositalari nigohida” tanlovi eʼlon qilinadi.

Tanlovga taqdim qilinayotgan ishlar Xorazmning turistik salohiyati, imkoniyatlari, viloyatning diqqatga sazovor joylari haqidagi maʼlumotlar, urf-odat va anʼanalarni aks ettirishi, sohada tadbirkorlik subyektlariga yaratilgan soliq imtiyozlari va sayyohlarga taklif etilayotgan xizmat turlarini o‘z ichiga olishi kerak. Shu bilan birga, ijodiy ishlarda hududning turistik imkoniyatlarini aniqlash, uning turlarini diversikatsiya qilish, yangi turistik marshrutlarni ishlab chiqish va rivojlantirish istiqbollari ochib berilishi kerak.

Tanlov ommaviy axborot vositalari xodimlarining tahliliy maqolalari, reportaj, lavha, ocherk, suhbat-intervyu, jurnalistik tekshiruv kabi janrdagi eng yaxshi materiallari orasidan saralab olinadi. 

Tanlovga keyingi bir yil ichida ommaviy axborot vositalarida yoritilgan materiallar taqdim etiladi. Ijodiy ishlar 25-dekabrgacha qabul qilinadi.

Ijodiy ishlar “Turizm jozibadorligi ommaviy axborot vositalari nigohida”  tanloviga deb ko‘rsatilishi va quyidagi manzilga yuborilishi lozim:
Manzil: Urganch shahar, A.Qodiriy ko‘chasi, 2b-uy. 
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasiga.
Mo‘ljal: viloyat axborot-kutubxona markazi. 
Telefon: 62 223-13-26. Telegram: 97 529-72-27.  

Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlarga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
-  muallifning pasport nusxasi;
-  muallifning manzili va bog‘lanish telefonlari.

Tanlov natijalari mahalliy ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilinadi.
G‘oliblarni taqdirlash marosimi 2022-yilning oxiri - yangi yil arafasida o‘tkaziladi.


Aprel 06, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 534 marta