Bugun Gurlan  tumanidagi Mevazor mahallasida  viloyat hokimi Jo‘rabek Raximovning navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi.

Qabulda viloyatimizning turli hududlaridan kelgan fuqarolarning murojaatlari Xalq qabulxonasi va tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o‘rganildi. Muammoli masalalarning bir qismi shu joyning o‘zida yechimini topdi, ayrim murojaatlar bo‘yicha fuqarolarga huquqiy tushuntirish berildi, yechimi muayyan muddat talab qiladigan arizalar ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

 

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati


Aprel 08, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 253 marta