Bolalarga mehr ulashishdan chetda qolmang!

Mamlakatimiz rahbari Sh.Mirziyoev tashabbusi bilan respublikamizda bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi borasida tub islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Shu munosabat bilan viloyatimizda "1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish" kuni munosabati bilan joriy yilning 1-2-iyun kuni “Bor mehrimiz senga, bolajon” shiori ostida respublikamiz bo‘ylab beg‘araz donorlik aksiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 Hurmatli fuqarolar ushbu aksiyada faol ishtirok qilib, ko‘ngillilar qatorida onkologik va oq qon kasalligiga chalingan norasida bolajonlarni umrini saqlab qolishga o‘z hissangizni qo‘shishingizni so‘raymiz

Aksiya viloyat qon quyish markazida 1-2-iyun kunlari soat 9:00 dan-15:00 gacha bo‘lib o‘tadi.

 

Manzil: Urganch shahar J.Manguberdi ko‘chasi 12-uy


May 28, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 608 marta