Biz vatanparvarlarmiz!

O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti Gurlan tumani O'STK va tuman xalq ta’limi bo‘limi hamda tegishli tashkilotlar hamkorligida tumandagi 43-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati qoshida tashkil etilgan kunduzgi sog‘lomlashtirish oromgohida o‘quvchi o‘smir yoshlar  o‘rtasida “Biz vatanparvarlarmiz!” shiori ostida harbiy vatanparvarlik tadbirlari  tashkil etildi.

Unda  oromgohda dam olayotgan bolajonlar jasorat darslari, "Quvnoq startlar" musobaqalari, "O’zbekiston-Vatanim mening" va boshqa mavzularda  rasm chizish konkursi, "Yashil svetafor", "Yo’l harakati qoidalari yosh bilimdoni" kabi tadbirlarda faol ishtirok qildilar.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Iyun 20, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 519 marta