Barcha tadbirkorlar diqqatiga!!

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi 57-sonli qarori va Vazirlar Maxkamasining 2022-yil 20-apreldagi 203-sonli qarorlariga asosan tadbirkorlarga, ishsiz, nogironligi bo'lgan, ishga layoqatli fuqarolarni ish bilan taʼminlashlari uchun keng imkoniyatlar yaratildi.

Shuningdek, tadbirkor Bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan yoʻllanma orqali kelgan nogironligi boʻlib, mehnatga layoqatli boʻlgan fuqarolarni ish bilan taʼminlashda oʻz hissasini qoʻshgan har bir tadbirkorga bandlik jamg'armasi hisobidan bazaviy xisoblash miqdorining 1,5 (bir yarim) baravarida 6 oy mobaynida subsidiya ajratilishi mumkin.

Ishsiz fuqoralarga koʻmaklashing va tadbirkorligingizni rivojlantiring.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


May 30, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 650 marta