Babajanov Alisher Farxadovich
2023 yil 12 yanvardan:
Gurlan tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
Tug‘ilgan yili: Tug‘ilgan joyi:
07.12.1963 yil Xorazm viloyati, Gurlan tumani
Millati: Partiyaviyligi:
o‘zbek O‘z.LiDeP a’zosi
Ma’lumoti: Tamomlagan:
oliy 1986 y, Toshkent kishlok xujaligi instituti
Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: olim agronom
Ilmiy darajasi: Ilmiy unvoni:
yo‘q yo‘q
Qaysi chet tillarini biladi:
rus tili
Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganmi (qanaqa):
yo‘q
Xalq deputatlari, viloyat, shahar va tuman Kengashi deputatimi yoki boshqa saylanadigan organlarning a’zosimi (to‘liq ko‘rsatilishi lozim):
yo‘q
MEHNAT FAOLIYATI
1980-1981 yy. - Gurlan tumani “Amudaryo”jamoa xo‘jaligi chilangari
1981-1986 yy. - Toshkent qishloq xo‘jaligi instituti talabasi
1986-1993 yy. - Gurlan tumani “Amudaryo” jamoa xo‘jaligi uchastka agronomi,komsomol ko‘mitasi, boshqaruvi raisi o‘rinbosari
1993-1995 yy. - Gurlan tumani xokimligi bosh mutaxassisi
1995-1998 yy. - Gurlan tumani xokimligi tashkiliy va kadrlar bilan ishlash bo‘limi mudiri
1998-2000 yy. - Gurlan tumani xokimligi tashkiliy va kadrlar masalalari bo‘yicha guruxi raxbari
2000-2004 yy. - Gurlan tumani xokiligi tashkiliy va kadrlar masalalari bo‘yicha raxbari (hokim o‘rinbosari)
2004-2005 yy. - “Gurlan pilla”aksionerlik jamiyati raisi
2005-2006 yy. - O‘zLiDeP Gurlan tumani Kengashi raisi o‘rinbosari
2006-2011 yy. - Gurlan tumani xokimi yordamchisi
2011-2017 yy. - Gurlan tumani qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i
2017-2020 yy. - Gurlan tumani fermer,dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi
2020-2021 yy. - “GURLAN BARAKA TEKS” MChJ Baynal xududiga biriktirilgan xudud raxbari.
2021-2021 yy. - “GURLAN GLOBAL TEKS”MChJ Baynal xududiga biriktirilgan xudud raxbari.
2021-2023 yy. - “GURLAN GLOBAL TEKS”MChJ Bosh agronomi
2023 y. - h.v. - Gurlan tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
Tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq
chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, fermerlik harakatini rivojlantirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tarkibiy o‘zgartirishni ta’minlash;
dehqonchilik va agrotexnologiyalarning ilg‘or usullarini joriy etish chora-tadbirlarini ko‘rish, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga bozor tamoyillari va mexanizmlari asosida xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar, bo‘g‘inlar va tuzilmalarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
suv resurslaridan oqilona foydalanish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish va suv iste’molining bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, suv xo‘jaligi ob’ektlaridan foydalanish ishlarining va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlarining bajarilishini muvofiqlashtirish;
qishloq xo‘jaligini, suv xo‘jaligini va o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqish ishlarini tashkil etish, ushbu sohalarga tashqi va mahalliy investitsiyalarni jalb etish
chora-tadbirlarini ko‘rish;
chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikning ozuqa bazasini mustahkamlash, naslchilik ishlarini rivojlantirish, hayvonlarni sun’iy urug‘lantirish xizmatlarini kengaytirish, zooveterinariya xizmati ko‘rsatish tarmog‘ini rivojlantirish ishlarini tashkil etish;
ipakchilikning ozuqa bazasini kengaytirish va mustahkamlash, yuqori mahsuldor tut ipak qurtini yetishtirish, tirik pilla yetishtirishni ko‘paytirish;
urug‘chilik va seleksiya ishlarini rivojlantirish;
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularning saqlanishi ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, dastlabki qayta ishlash korxonalarini tashkil etish vamahsulotlarni eksport qilish, shuningdek qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi ob’ektlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
tasarrufidagi mutaxassis va tegishli tashkilot hamda muassasalarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 1999 yil 29 martdagi 140-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarida ish yuritish va nazoratni tashkil etish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlarining talablari asosida ish tashkil etilishi va ijro intizomini mustahkamlash;
o‘z yo‘nalishiga taalluqli muammoli masalalarni hal etish hamda sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda hokimga taqdim etish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy
va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.
- Quyidagi komissiyalarga rahbarlik qiladi;
|
Tuman hokimligi huzuridagi qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalari ajratish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha tuman komissiyasi; qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa hududiy komissiyalar va kengashlar. |
- Quyidagi tashkilot, muassasa va korxonalarning tuman hokimligi bilan o‘zaro faoliyatini muvofiqlashtirib boradi:
tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi;
tuman irrigatsiya bo‘limi;
tuman don mahsulot korxonalari;
tuman paxta tozalash korxonalari;
tuman “Agroservis MTP” MChJ;
tumandagi MMTPlar
“Xorazmagrokimyohimoya” AJ tuman filiali;
tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tamorqa yer egalari kengashi;
tuman veterinariya bo‘limi;
tuman yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi;
tumandagi fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi muqobil mashina traktor parklari, suv iste’molchilar uyushmalari, biolaboratoriyalar, yoqilg‘i-moylash va mineral o‘g‘it shaxobchalari va barcha yo‘nalishdagi fermer xo‘jaliklari.