33 nafar bitiruvchilarga oltin va kumush medallar topshirildi

Gurlan tumanida 2021-2022-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablarini jami 1841 nafar o‘quvchi-yoshlar bitirib chiqdi. Ularning orasida barcha tengdoshlariga namunali xulqi, a’lo baholarga o‘qishi, faolligi bilan  ajralib turgan  o‘quvchilardan 23 nafari  oltin va 10 nafari kumush medallari bilan taqdirlandi.

Bugun tuman hokimligida o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan bir guruh o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda tuman hokimining birinchi o‘ribosari U.Davlatov, tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari M.Urazmetov, tuman xalq ta’limi bo‘limi mas’ul xodimlari, maktab direktorlari va ota-onalar ishtirok etishdi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Iyun 21, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 461 marta