30 iyun – Yoshlar kuni

30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Gurlan tumani Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari U.Davlatov so’zga chiqib, yoshlarni bayram bilan muborakbod etdi.

Konsert dasturida viloyat hamda tuman Madaniyat bo’limining iste’dodli xonandalari o‘zlarining kuy-qo‘shiqlari bilan yoshlarimizga yuqori kayfiyat ulashdi.

Shuningdek, "Yoshlar oyligi" doirasida tashkil etilgan tadbir va musobaqalarning Respublika hamda viloyat bosqichlarida faol ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar tuman hokimligi tomonidan taqdirlandi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Iyun 30, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 436 marta