30-aprel kuni «Mahalla obodligi – yurt farovonligi» shiori ostida umumxalq xayriya hashari oʻtkaziladi

Bu haqida Vazirlar Mahkamasi farmoyishi imzolandi. Hashar davomida mahallalar, aholi turarjoylari, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar, moʻʼtabar maskanlar, bolalar maydonchalari tartibga keltiriladi. Obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlari olib boriladi. 

«Yashil  makon» umummilliy loyihasi doirasida barcha turarjoy mavzelari, mahallalarda gul koʻchatlari, manzarali va mevali daraxtlar ekish, oqlash va butash ishlari amalga oshiriladi.

Hashar davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari, ehtiyojmand, koʻmakka muhtoj, boquvchisini yoʻqotgan keksa va nogironligi boʻlgan fuqarolarning uy-joylarini yaxshilash va moddiy yordam koʻrsatishga eʼtibor qaratiladi.

 Xorazm xabarlari


Aprel 27, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 529 marta