2023- yil uchun tuman mahalliy budjeti loyihasini va 2024-2025-yillar uchun budjet mo‘ljallarini tuzish, ko‘rib chiqish va viloyat moliya bosh boshqarmasiga taqdim etish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to‘g‘risida

2023- yil uchun tuman mahalliy budjeti loyihasini va 2024-2025-yillar uchun budjet mo‘ljallarini tuzish, ko‘rib chiqish va viloyat moliya bosh boshqarmasiga taqdim etish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi “Budjet Kodeksi”ning 90-94-moddalariga hamda Xorazm viloyat hokimining 2022-yil 19-iyuldagi 332-12-0-Q/22-son qaroriga muvofiq tuman mahalliy budjetini tayyorlash ko‘rib chiqish va viloyat moliya bosh boshqarmasiga taqdim etish maqsadida

QAROR  QILAMAN:

  1. O‘zbekiston Respublikasi “Budjet kodeksi”ning 90-moddasiga asosan 2023-yil moliya yiliga tuman mahalliy budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablag‘lari oluvchilarga tuman moliya bo‘limi tomonidan budjet so‘rovi yuborilsin.
  2. Tuman budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari belgilangan tartibda joriy yilning 25-iyul kunidan kechikmagan holda 1-ilovadagi jadval asosida 2023-moliya yiliga budjetdan ajratiladigan mablag‘lar olishga va 2024-2025-yillar uchun budjet mo‘ljallarini tuman hokimligining moliya bo‘limiga buyurtmalar bersinlar.
  3. Tuman hokimligining moliya bo‘limi (M.Ollamov) belgilangan tartibda joriy yilning

25- iyulidan kechiktirmay viloyat moliya bosh boshqarmasiga 2023-yil moliya yiliga tuman mahalliy budjeti loyihasi va 2024-2025-yillar uchun budjet mo‘ljallarini taqdim qilsin.

  1. Yuqoridagi topshiriqlarning bajarilishini ta’minlash maqsadida 2-ilovaga muvofiq tarkibda ishchi guruhi tuzilsin.
  2. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.

Tuman hokimi v.v.b                                                                           U.Davlatov

Gurlan tuman hokimining

2022  yil 21 iyuldagi

713-12-171-Q/22- son qaroriga

1- ilova

Tuman budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlarining tuman moliya bo‘limiga 2023- moliya yili budjet loyihasini va 2024-2025-yillar uchun budjet mo‘ljallarini topshirish jadvali

Budjet tashkilotlari nomi

Buyurtmalarni topshirish muddati

1

Tuman hokimligi

25.07.2022- yil

2

Tuman moliya bo‘limi

25.07.2022- yil

3

Xalk deputatlari Gurlan tuman Kengashi kotibiyati

25.07.2022- yil

4

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash Gurlan tuman bo‘limi

25.07.2022- yil

5

Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotni yuritish markazi

25.07.2022- yil

6

Veterinariya bo‘limi

25.07.2022- yil

7

Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi

25.07.2022- yil

8

Irrigatsiya bo‘limi

25.07.2022- yil

9

Qishloq xo‘jaligi bo‘limi

25.07.2022- yil

10

Obodonlashtirish boshqarmasi

25.07.2022- yil

11

Tibbiyot birlashmasi

25.07.2022- yil

12

Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘limi

25.07.2022- yil

13

Axborot-kutubxona markazi

25.07.2022- yil

14

Madaniyat bo‘limi

25.07.2022- yil

15

Bolalar-o‘smirlar sport maktabi

25.07.2022- yil

16

Maktabgacha ta’lim bo‘limi (tasarrufidagi tashkilotlar bilan)

25.07.2022- yil

17

Xalq ta’limi bo‘limi (tasarrufidagi tashkilotlar bilan)

25.07.2022- yil

18

9-son musiqa va san’at maktabi

25.07.2022- yil

19

Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi

25.07.2022- yil

20

Gurlan tuman Yoshlar agentligi

25.07.2022- yil

Gurlan tuman hokimining

2022  yil 21 iyuldagi

713-12-171-Q/22- son qaroriga

2- ilova

O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 90-94-moddalariga asosan 2023-yil uchun tuman mahalliy budjetini tayyorlash va 2024-2025-yillar uchun budjet mo‘ljallarini, ko‘rib chiqish hamda viloyat moliya bosh boshqarmasiga taqdim etish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan Ishchi guruhi

TARKIBI

M.Ollamov

Tuman moliya bo‘limi mudiri v.v.b: ishchi guruhi rahbari

 A.Jumatov

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari: ishchi guruh rahbari o‘rinbosari

A’zolari:

 

M.Marimov

Tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri

J.Matsafaev

Tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri

A.Karimov

Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i

M.Qo‘chqarov

Tuman madaniyat bo‘limi mudiri

 M.Bekturdiev

Tuman veterinariya bo‘limi boshlig‘i

I.Raximov

Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i

 N.Xaytimmetova

Tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori

 


Iyul 22, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 325 marta