2022-yil yanvar-iyul oylarida aholi bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar mavzusida ochiq muloqot

Gurlan tumani hokimligida “mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar” mavzusida ochiq muloqot bo’lib o’tdi.

Ochiq muloqotda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Ulug’bek Davlatov, hokim yordamchilari, mas’ul rahbarlar hamda OAV vositalari ishtirok etishdi.

Gurlan tumanida 2022-yil yanvar-iyul oylarida aholida tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali yangi tadbirkorlik obyektlarini tashkil qilishga ko‘maklashish maqsadida 233 ta o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 177 foizga ko‘p kichik biznes obyektlari, 198 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik obyektlari yangidan tashkil qilindi. 3756 nafar fuqarolar o‘zini o‘zi band qilishi orqali daromad manbaiga ega bo‘lishi ta’minlandi.

Aholining tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha o‘tgan 6 oy davomida hokim yordamchilari tavsiyanomalariga asosan 932 ta xonadonga 21,0 mlrd so‘m imtiyozli kreditlar hamda 339 ta xonadonga 536 mln so‘m subsidiyalar ajratildi.

Aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

Tumanda mehnat resurslari 84,1 ming nafar, shundan 66,0 ming nafari iqtisodiy faol aholi hisoblanadi.

Jami mehnat faoliyati bilan band aholi 59,6 ming kishi, shundan rasmiy sohada bandlar 21,5 ming kishi, norasmiy sohada bandlar 26,4 ming kishi, respublikadan tashqariga ishlashga ketganlar 11,7 ming nafarni tashkil qiladi. Ishsizlar 6,4 ming nafar, ya’ni ishsizlik darajasi 9,7 foizni tashkil qilmoqda.

Tumanda birinchi yarim yillikda aholi bandligini ta’minlash mavsumiy va vaqtinchalik ishlarga jalb etish rejasi 22 801 bo‘lib amalda 26 131 ta ish o‘rinlari yaratilib reja 114,7 foizga bajarildi.

Shundan moliya-iqtisod, tadbirkorlik va kambag‘allikni kompleksi bo‘yicha 4207 ta ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilib, amalda 5895 ta (140,1 foiz) ish o‘rinlari tashkil qilindi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Avgust 16, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 457 marta