2022-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi “2022-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-165-son farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:

  1. Quyidagilarga:

hududlar rahbarlari, neft, gaz, energetika, yo‘l infratuzilmasi, avtomobil sanoati, temir yo‘lda tashish sohalaridagi korxonalar rahbarlariga – innovatsiyalar joriy qilingan korxonalar, innovatsion texnologiyalar, rasmiylashtirilgan ixtirolar soni pastligi, mahalliy ishlanmalarning tijoratlashtirmaganligi, sohalarga innovatsion texnologiyalarni keng joriy qilishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilgani, ilmiy tashkilotlar bilan uzviy hamkorlikni o‘rnatilmaganligi, innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida mahalliy byudjetdan mablag‘lar ajratilmaganligi;

oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy tashkilotlar rahbarlariga – ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarida grant loyihalarining ulushi pastligi, ularning tijoratlashtirish jamg‘armalariga mablag‘ ajratilmayotganligi, ilmiy loyihalar bo‘yicha patentlar olinmaganligi, xalqaro nashrlarda ilmiy maqolalar chop etilmaganligi, ilmiy kadrlarni tayyorlash jarayoni past darajada tashkil qilinganligi, tarmoqlarga xizmat ko‘rsatish sohasi yetarli darajada rivojlanmaganligi ko‘rsatib o‘tilsin.

  1. Quyidagilar:
  2. a)2022-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini 2022-2023-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda – “Yo‘l xaritasi”) 1-ilovaga muvofiq;
  3. b)2022-2023-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida amalga oshiriladigan innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish va startap loyihalar ro‘yxati2-ilovaga muvofiq;
  4. v)tarmoqlar bo‘yicha:

2022-2023-yillarda iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari tomonidan yangi innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshiriladigan aniq ustuvor loyihalar ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq;

2023-2026-yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida amalga oshiriladigan “drayver” innovatsion loyihalar ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq;

iqtisodiyot tarmoqlari tashkilotlari tomonidan yangi ishlanma va texnologiyalar asosida ilmiy hajmdor va innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish loyihalarini amalga oshirishning 2023-2026-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari 5-ilovaga muvofiq;

  1. g) ilmiy va oliy ta’lim tashkilotlari bo‘yicha:

2022-2023-yillarda ilmiy tashkilotlar tomonidan yangi ishlanma va texnologiyalarni yaratish va joriy etish loyihalarini amalga oshirish dasturi 6-ilovaga muvofiq;

2023-2026-yillarda ilmiy tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan “drayver” innovatsion loyihalar ro‘yxati 6a-ilovaga muvofiq;

2022-2024-yillarda innovatsion faoliyatning istiqbolli yo‘nalishlarida ilmiy tashkilotlar huzurida tashkil etiladigan, ilmiy hajmdor mahsulotlar (tovar va xizmatlar) ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi innovatsion akademik korxonalar ro‘yxati 6b-ilovaga muvofiq;

2022-2023-yillarda oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan yangi ishlanma va texnologiyalarni yaratish va joriy etish loyihalarini amalga oshirish dasturi 7-ilovaga muvofiq;

2023-2026-yillarda oliy ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan “drayver” innovatsion loyihalar ro‘yxati 7a-ilovaga muvofiq;

2022-2024-yillarda innovatsion faoliyatning istiqbolli yo‘nalishlarida oliy ta’lim muassasalari huzurida tashkil etiladigan, ilmiy hajmdor mahsulotlar (tovar va xizmatlar) ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi innovatsion korxonalar ro‘yxati 7b-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Innovatsion rivojlanish vazirligi 2023-yil 1-dekabrga qadar 2022-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasida erishilgan natijalar va maqsadli ko‘rsatkichlar hamda tegishli davr uchun iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan kelib chiqib, mazkur Strategiyani amalga oshirish yuzasidan kelgusi ikki yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasining sifatli ishlab chiqilishi va Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini tashkil etsin.

  1. Mazkur qarorga 5-ilovada ko‘rsatilgan tarmoq tashkilotlari Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishilgan holda ilmiy hajmdor va innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish loyihalarini amalga oshirishning 2023-2026-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlariga muvofiq har yili ishlab chiqiladigan “yo‘l xaritalari” asosida o‘z mablag‘lari hisobidan ilmiy hajmdor va innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etsin.
  2. 2022-2024-yillarda istiqbolli yo‘nalishlarda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etiladigan, ilmiy hajmdor va innovatsion mahsulotlar (tovar va xizmatlar)ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi innovatsion (spin-off) korxonalar ro‘yxati 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilansinki, yangi innovatsion korxonalar:

iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish jarayonlarida resurslarni maqbullashtirgan holda talab yuqori bo‘lgan va istiqbolli innovatsiyalarni keng joriy etish maqsadida tashkil etilayotgan ilmiy hajmdor korxonalar hisoblanadi;

faoliyati davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyat organlari hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar hamkorligida davlat ilmiy dasturlari doirasida, mahalliy byudjet va tadbirkorlik sub’ektlari mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi har yili ilmiy hajmdor mahsulot (xizmatlar) ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi innovatsion korxonalarda raqobatbardosh yangi mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyalarini o‘zlashtirish loyihalariga davlat ilmiy dasturlariga ajratilgan mablag‘larning 10 foizi yo‘naltirilishini ta’minlasin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari yangi innovatsion korxonalarning tashkil etilayotgan hududidan qat’i nazar o‘z faoliyatini barcha hududlarda amalga oshirishiga hamda mijozlar bazasini kengaytirishiga ko‘maklashsin.

  1. Toshkent shahri, Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi hududidagi 1,95 ga yer maydonida Innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki binosi jihozlangan holda qurib bitkazilganligi hamda uning negizida Innovatsion rivojlanish vazirligi muassisligida “Inno texnopark” MCHJtashkil etilganligima’lumot uchun qabul qilinsin.

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “Inno texnopark” MCHJni “Yıldız Teknoloji Geliştirme Bölgesi Teknopark A.Ş.” tashkilotining O‘zbekistondagi ishonchli vakili (keyingi o‘rinlarda – ishonchli vakil) ishonchli boshqaruviga berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. Bunda:

  1. a) “Inno texnopark” MCHJ ishonchli boshqaruvga besh yilдaнko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi;
  2. b) kelishuvlarga ko‘ra ishonchli vakilga quyidagi asosiy vazifalaryuklatiladi:

mavjud infratuzilmani boshqarish va texnopark rezidentlariga xizmat ko‘rsatish;

texnopark rezidentlarining innovatsion loyihalarini amalga oshirish hamda intellektual va sanoat mulkini boshqarishda ko‘maklashish;

marketing, reklama va axborot xizmatlarini ko‘rsatish;

xorijiy davlatlardan texnologiyalar transferiga ko‘maklashish hamda investitsiya jamg‘armalarini va venchur kapitallarini jalb qilish;

texnopark rezidentlari mahsulotining xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etishini ta’minlash;

  1. v) texnopark loyihalarini amalga oshirish natijasida rezidentlarning barcha olgan ruxsatnomalari, patentlari, ilmiy va innovatsion ishlanmalari, texnologiyalari, xizmatlari va tahliliy ma’lumotlari Innovatsion rivojlanish vazirligi mulki hisoblanadi.

Belgilansinki:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida innovatsion hududga aylantirilayotgan tumanlarda innovatsion, startap, tijoratlashtirishga tayyorlash, tijoratlashtirish hamda texnologiyalar transferi loyihalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan loyihalar ro‘yxatiga asosan Innovatsion rivojlanish vazirligi hay’ati qaroriga muvofiq davlat ilmiy dasturlari doirasida byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi;

“Inno texnopark” MCHJ tasarrufidagi o‘quv-ilmiy laboratoriya asbob-uskunalaridan tegishlicha talabalar va doktorantlar bepul foydalanadi.

  1. “Inno texnopark” MCHJ vauning rezidentlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5099-son farmonining 5-bandi bilan IT-park rezidentlariga berilgan imtiyozlar (ijtimoiy soliqdan tashqari) va preferensiyalar 2022-yil 1-avgustdan boshlab tatbiq etilsin.

“Yashnobod” innovatsiya texnoparki rezidentlari uchun 2022-yil 1-avgustdan boshlab 2025-yil 1-avgustga qadar aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz etib belgilansin.

Bosh vazir o‘rinbosari S.Umurzakov Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Inno texnopark” MCHJ va “Yashnobod” innovatsiya texnoparkiga rezidentlikka qabul qilishning yangilangan tartibini tasdiqlasin.

  1. Quyidagilarga:
  2. a) Bosh vazir o‘rinbosari S.U.Umurzakov zimmasiga:

mazkur qarorning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli ijro etilishini ta’minlash, “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish yuzasidan mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil qilish hamda muvofiqlashtirish;

innovatsiya masalalari bo‘yicha rahbar o‘rinbosarlari faoliyati natijadorligidan kelib chiqib, ularni rag‘batlantirish yoki intizomiy, shu jumladan, egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha bo‘lgan qat’iy choralarni ko‘rish, zarur hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritish;

  1. b) innovatsion rivojlanish vaziri I.Y.Abduraxmonov zimmasiga vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan korxonalarning innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha faoliyatini idoralararo muvofiqlashtirish, ularning faoliyatida innovatsiyalarni joriy etish holatini baholash hamda muntazam ravishda innovatsiya masalalari bo‘yicha rahbar o‘rinbosarlarining hisobotlarini eshitish va ularga tashkiliy-metodik yordam ko‘rsatish;
  2. v)Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, mas’ul vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar, shu jumladan, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari zimmasiga– mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq bajarish asosida tegishli hududda innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, har chorak yakunidan so‘ng keyingi oyning 5-sanasiga qadar ushbu qaror bilan belgilangan chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan Innovatsion rivojlanish vazirligiga hisobot taqdim etib borish vazifalari yuklatilsin.
  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Ilg‘or texnologiyalar markazini tashkil qilish to‘g‘risida”gi PQ-3674-son qaroriga 9-ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritilsin.
  4. Innovatsion rivojlanish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
  5. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari S.U.Umurzakovhamda innovatsion rivojlanish vaziri I.Y.Abduraxmonovzimmasiga yuklansin.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2023-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot berilsin.

 

O‘zbekiston Respublikasi

           Prezidenti                                                                                               Sh.MIRZIYOYEV

 

Toshkent shahri, 

2022 yil 6 iyul 

 


Iyul 07, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 437 marta