2021-yil bo‘yicha NNTlar o‘rtasida “Ochiqlik indeksi” e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-martdagi “2021 – 2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonining 5-bandiga asosan nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining ochiqlik indeksi joriy qilinishi belgilangan.

Mazkur indeks nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, ijtimoiy sheriklik darajasi, ajratilgan subsidiya, grant va ijtimoiy buyurtmalar natijadorligi va boshqa muhim faoliyat ko‘rsatkichlariga asosan tuziladi. 

Mazkur farmon ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi tomonidan Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining shaffoflik standarti tasdiqlandi. 

Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining ochiqlik indeksini shakllantirish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining shaffoflik darajasini baholash metodikasi ishlab chiqildi. 

Mazkur metodika asosida 100 dan ortiq respublika nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan 2021-yildagi faoliyati yuzasidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi tomonidan baholash ishlari amalga oshirildi. 

Baholash natijasiga ko‘ra, 2021-yil bo‘yicha “Eng shaffof nodavlat notijiorat tashkilotlari top – 20” ro‘yxati tuzildi.  

2021-yil yakuni bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida e’lon qilingan “Ochiqlik indeksi” natijalari: 

1.O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi 

2. O‘zbekiston-Yaponiya markazi 

3. “Zakovat intellektual klubi” nodavlat notijorat tashkiloti 

4. “Yuksalish” umummilliy harakati 

5. “Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi 

6. “Demokratiya va inson huquqlari instituti” 

7. “Sharq ayoli” xalqaro ayollar jamg‘armasi 

8. O‘zbekiston jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi 

9.O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi 

10.Mintaqaviy tahdidlarni o‘rganish markazi 

11.Muassasa shaklidagi “O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi” nodavlat notijorat tashkiloti 

12.O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi 

13.O‘zbekiston “Qizil yarim oy” jamiyati 

14.O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi 

15. “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik markazi 

16.O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi 

17.O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati 

18.«Sog‘lom avlod uchun» hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondi 

19.O‘zbekiston professional futbol ligasi 

20. Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi 

Nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida “Ochiqlik indeksi” har yil yakunlari bo‘yicha e’lon qilib borilishi munosabati bilan yil yakunlari bo‘yicha eng shaffof nodavlat notijorat tashkilotlarini aniqlashda faol ishtirok etishga chaqirib qolamiz. 

O‘zA 


Fevral 02, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 567 marta