1-iyun  –  “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”

Bola kulsa, dunyo kuladi. Uning beg‘ubor chehrasidagi tabassumda, shirin qahqahasida hayotimiz, umrimizning ma’nosi bor. Bugun yurtimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi 1-iyun –  “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan uyushtirilayotgan bayram dasturlari Gurlan tumani  Alisher Navoiy nomida istirohat bog‘ida ham bo‘lib o‘tdi.

Konsert dasturlarida go‘zal bolalikni, Ona Vatanni tarannum etuvchi dilrabo kuy-qo‘shiqlar, raqslar guldastasi bolajonlar va ularning ota-onalariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Dastur so‘ngida kichkintoylarga tuman hokimligi tomonidan bayram sovg‘alari topshirildi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Iyun 01, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 428 marta