“Yangi bog’ ” fuqarolar yig‘inlari raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar

 

“Yangi bog‘” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzod Vapayev Davronbek Kadirovich

 Tarjimaiy holi

Vapayev Davronbek Kadirovich 1963-yilda tug‘ilgan, millati - o‘zbek, ma’lumoti - oliy, mutaxassisligi qishloq xo‘jaligin mexanizatsiyalashtirish va mehnat ta’limi.

Oilali, 3 nafar farzandi bor. 1989-yilda Gurlan tumani 12-son kasb-hunar bilim yurti o‘qituvchisi vazifasida mehnat faoliyatini boshlagan. Mahalla tizimida 10 yildan ortiq mehnat qilgan.

Uzoq yillik samarali mehnatlari evaziga “Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Hozirgi kunda Gurlan tumani “Yangi bog‘” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. “Yangi bog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida doimiy yashaydi.

 

 

“Yangi bog‘” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzod Maxmudova Roxatoy Nazarovna

 Tarjimaiy holi

Maxmudova Roxatoy Nazarovna 1965-yilda tug‘ilgan, millati - o‘zbek, ma’lumoti - oliy, huquqshunos, o‘qituvchi.

Oilali, 6 nafar farzandi bor. 1986-yilda Gurlan tuman xalq sudi sud majlisi kotibasi vazifasida mehnat faoliyatini boshlagan. Turli sohalarda 35 yildan ortiq mehnat qilgan.

Uzoq yillik samarali mehnatlari evaziga xalq orasida obro‘- e’tibor qozongan.

Hozirgi kunda Gurlan tumani 11-son maktabgacha ta’lim tashkiloti metodisti lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. “Yangi bog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida doimiy yashaydi.

 

 

 

 “Yangi bog‘” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzod Xaitbayev Shavkat Erkayevich

 Tarjimaiy holi

Xaitbayev Shavkat Erkayevich 1967 -yilda tug‘ilgan, millati - o‘zbek, ma’lumoti - oliy, injener – mexanik.

Oilali, 3 nafar farzandi bor. Turli sohalarda 30 yildan ortiq mehnat qilgan.

Uzoq yillik samarali mehnatlari evaziga xalq orasida obro‘- e’tibor qozongan.

Hozirgi kunda Gurlan tumani “Sinema Servis Media ” ma’suliyati cheklangan jamiyati rahbari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. “Yangi bog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida doimiy yashaydi.

 


May 11, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 611 marta