“Yangi O'zbekistonning ibratli oilasi” ko'rik-tanlovining tuman bosqichi g'olibi aniqlandi

15 may – “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan “Farovon oila sari” shiori ostida “Yangi O'zbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirni o'tkazishdan asosiy maqsad oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirish, yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, oilaviy ajralishlarning oldini olish, namunali oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirishdir. 

Tanlovda ishtirokchilar 3 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Ko’rik-tanlov yakunida g’oliblarga tuman hokimligi tomonidan maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


May 12, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 234 marta