“Mirzo Ulug’bek vorislari” Respublika tanlovining Gurlan tumani bosqichi bo’lib o’tdi

Bugun Xorazm viloyati hududiy innovatsion rivojlanish boshqarmasi, yoshlar ishlari agentligi, Gurlan tumani hokimligi hamda tegishli mutasaddi tashkilot vakillari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi “Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 30-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida  "Mirzo Ulug‘bek vorislari" Respublika tanlovining Gurlan tumani bosqichi tashkil etildi.

Tanlov yakuniga ko‘ra  5 nafar ishtirokchi g‘olib deb topildi. Tanlov g‘oliblari bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari miqdorida pul mukofotlarini qo‘lga kiritib, sertifikatlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ular, shuningdek, tanlovning viloyat bosqichida qatnashish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Mart 03, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 322 marta