“Mening yo‘lim” loyihasiga ovoz berish jarayoni yakunlandi

7-may kuni soat 18-00da “Ochiq budjet” axborot portalida e’lon qilingan “Mening yo‘lim” loyihasining joriy yilgi mavsumiga ovoz berish jarayoni yakunlandi. 

Tuman (shahar) budjetlarida hududiy ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun rejalashtirilgan mablag‘larning kamida 50 foiz qismini fuqarolar fikri asosida yo‘naltirilishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan loyihaning ushbu mavsumi uchun respublika bo‘yicha 10 317 ta tashabbusli taklif kelib tushgan.

27-apreldan  7-may kuniga qadar davom etgan ovoz berish jarayoni natijalariga ko‘ra, 517 та loyiha g‘olib deb topildi. 

Ovoz berish jarayonida respublikamiz bo‘yicha 8 mln. 93 ming 918 nafar yurtdoshlarimiz faol ishtirok etdi.

Hududlar kesimida tahlil qilinganda, ushbu jarayonlarda eng ko‘p g‘olib loyihalar Toshkent viloyati (55 ta), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (54 ta), Samarqand (40 ta) va Andijon (40 ta) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

G‘olib bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirish uchun respublika bo‘yicha 412.40 mlrd. so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

 

Gurlan tumanida 2 ta tashabbus gʻolib  deya topilgan. 

1. https://openbudget.uz/boards-list/2/2453decd-430a-4f6c-8ad4-f31a2e4de154

2. https://openbudget.uz/boards-list/2/665d26e9-3a9b-4e97-8912-1628e1cad103

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


May 08, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 286 marta