"Mahallaning o‘sish nuqtalari va drayver yo‘nalishlari bo‘yicha investitsiya loyihalarini shakllantirish" mavzusida matbuot anjumani

Hududlardagi ijtimoiy muammolarni hal qilishning dolzarb yechimlaridan biri ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish majmualari faoliyatini yo‘lga qo‘yish hisobidan qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish, mahalliy tadbirkorlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdir. Shu nuqtai nazardan, Gurlan tumanida ishsizlikni bartaraf etish, kamxarj va og‘ir sharoitda yashayotgan oilalarni daromadli qilish, hudud salohiyati va ichki imkoniyatlaridan foydalangan holda investitsiya loyihalarini ro‘yobga chiqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘z navbatida, bevosita viloyat hokimi, qolaversa, hududlarda sektorlar mutasaddilari e’tibori va xayrixohligi tufayli o‘nlab yangi proektlar – biznes loyihalari amalga oshirilayotgani xalqimiz turmushi farovonligi uchun qo‘yilayotgan mustahkam qadam desak, mubolag‘a emas.

Xususan, Gurlan tuman hokimligining majlislar zalida tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari U.Davlatov ishtirokida "Mahallaning o‘sish nuqtalari va drayver yo‘nalishlari bo‘yicha investitsiya loyihalarini shakllantirish" mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Matbuot anjumanida ishtirokchilar investitsiyaviy loyihalarni ishlab chiqish, loyihalarni boshqarish, tadbirkorlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish, foydalanishga topshirilgan ishlab chiqarish ob’ektlarning monitoringini olib borishning yangi mexanizmlarini, shuningdek, investitsiyaviy loyihalar tashabbuskorlarini amaliy qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq keng ko‘lamli masalalarni atroflicha muhokama qildi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati 


Iyul 29, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 516 marta