“Mahalla – besh tashabbus beshigi” Respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi

Ko‘rik-tanlovda besh muhim tashabbusni amalga oshirish bo‘yicha faol ish olib borayotgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, mahallalarda yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodlarini yuzaga chiqarish, jismoniy chiniqtirish, sport bilan shug‘ullanishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish, kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish hamda xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashga doir ishlar samaradorligini oshirishda faol ishtirok etgan tuman (shahar)lardagi o‘zini o‘zi boshqarish organlari, qatnashishi mumkin.

 Ko‘rik-tanlov quyidagi 3 bosqichda tashkil etiladi:

  • Birinchi bosqich – tuman (shahar) miqyosida;
  • Ikkinchi bosqich – viloyatlar miqyosida (birinchi bosqich g‘oliblari o‘rtasida);
  • Uchinchi bosqich – respublika (ikkinchi bosqich g‘oliblari o‘rtasida);

Tanlov o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad quyidagilardan iborat:

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusni xalq harakatiga aylantirish jamiyatda intiluvchan tashabbuskorlikni rivojlantirish;

Besh muhim tashabbusni amalga oshirish bo‘yicha faol ish olib borayotgan fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish;

mahallalarda yoshlarning musiqa, rassomlik adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodlarini yuzaga chiqarish, jismoniy chiniqtirish, sport bilan shug‘ullanishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish, kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish hamda xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashga doir ishlar samaradorligini oshirishdan iborat.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

  • “Birinchi tashabbus bo‘yicha eng faol mahalla”
  • “Ikkinchi tashabbus bo‘yicha eng faol mahalla ”
  • “Uchinchi tashabbus bo‘yicha eng faol mahalla”
  • “To‘rtinchi tashabbus bo‘yicha eng faol mahalla”
  • “Beshinchi tashabbus bo‘yicha eng faol mahalla”

Tanlovda qatnashmoqchi bo‘lgan mahallalar tanlov e’lon qilingan kundan e’tiboran 20 kun mobaynida xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashi kotibiyatlari nomiga ariza beradilar.

Ishtirokchilar taqdim etilgan arizalariga quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:

ishtirokchilar to‘g‘risidagi umumiy ma’lumot (mavjud bo‘lsa pasporti)

Oliy Majlis palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan besh muhim tashabbus bo‘yicha qabul qilingan tegishli hujjatlarida belgilangan vazifalar ijrosi to‘g‘risida ma’lumotlar.

Besh muhim tashabbus doirasida olib borilgan faoliyatiga oid materiallar (ma’lumotlar, hisobotlar, bayonnomalar, dasturlar, loyihalar, foto, albom va hokazolar);

ijtimoiy tashabbusni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni aks ettiruvchi 5 daqiqadan oshmagan videorolik (sifati yuqori, DVD formatida);

ommaviy axborot vositalarida besh muhim tashabbusni yoritishga oid chop etilgan maqolalar, televidenie yoki radioda chiqishlarni asoslovchi hujjatlar.

Nomzodlar tanlovga doir boshqa qo‘shimcha materiallar ham taqdim etishlari mumkin.

G‘olib deb topilgan ishtirokchilar I, II, III darajali diplom va xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashi hamda hamkor tashkilotlarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Murojaat uchun tel: 8 (362) 36-52-570, +998941129543

 

Xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashi kotibiyati

 


Sentabr 27, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 493 marta