"Innovatsion g‘oyalar haftaligi" doirasida press-tur

Xorazm viloyati hududiy innovatsion rivojlanish boshqarmasi hamda Gurlan tuman hokimligi bilan hamkorlikda "Innovatsion g‘oyalar haftaligi" doirasida UrDU, TATU Urganch filiali, TTA Urganch filiali, Xorazm Ma’mun akademiyasining olimlari, professor-o'qituvchilari va mutaxassislari uchun press-tur tashkil qilindi.

Press tur davomida tumanda yangidan zamonaviy tipda qurilgan 45-son umumiy o’rta ta’lim maktabiga, tuman tibbiyot birlashmasi hamda “Gurlan Global Teks” MJCH korxonasi faoliyati bilan tanishdilar.

Uchrashuv chog’ida olimlar tomonidan taqdimot qilingan bir qator ishlanmalar bo‘yicha hamkorlikda ishlash, ularni startap va tijoratlashtirishga tayyorlash loyihalari sifatida ishlab chiqish  va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishib olindi.

Gurlan tumanida "Innovatsion g‘oyalar haftaligi" tadbirlari davom qilmoqda.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Noyabr 15, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 459 marta