“Eng namunali Sardorlar Kengashi” g’oliblari aniqlandi

O’zbekiston yoshlar ittifoqi Gurlan tuman Kengashi, Yoshlar ishlari agentligi Gurlan tumani bo’limi, tuman Xalq ta’lim bo’limi bilan hamkorlikda “Eng namunali Sardorlar Kengashi” ko’rik-tanlovining tuman boshqichi bo’lib o’tdi.

Tanlov natijalariga ko’ra:
1-o’rinni 5-son umumiy o’rta ta’lim maktabi;
2-o’rinni 4-son umumiy o’rta ta’lim maktabi;
3-o’rinni 17-son umumiy o’rta ta’lim maktabi Sardorlar Kengashi a’zolari qo’lga kiritdi.

Ko’rik-tanlovining asosiy maqsadi o'rta ta'lim, mahalliy hamda hududiy Sardorlar Kengashi a'zolarining o'zaro do'stlashishi va tajriba almashishi natijasida ularning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar bilan ishlash ko'nikmalari, ijodiy va intellektual qobiliyatini rivojlantirishdan iborat.

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati 


Mart 11, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 576 marta