“Mening yo‘lim” loyihasining taklif kiritish bosqichi jarayoni yakunlandi

27-aprel kuni soat 18-00da “Ochiq budjet” axborot portalida e’lon qilingan “Mening yo‘lim” loyihasining joriy yilgi mavsumiga taklif kiritish jarayoni yakunlandi. 

Tuman (shahar) budjetlarida hududiy ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun rejalashtirilgan mablag‘larning kamida 50% qismini fuqarolar fikri asosida yo‘naltirilishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan loyihaning ushbu mavsumi uchun respublika bo‘yicha 10 317 ta tashabbusli taklif ro‘yxatga olindi. 

 Kiritilgan takliflarga ovoz berish jarayoni bugundan boshlanib, 7-may kuni soat 18:00 ga qadar davom etadi. 

Eslatib o‘tamiz, “Mening yo‘lim” loyihasining joriy yilgi mavsumini moliyalashtirish uchun budjetdan 312 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgan.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi


Aprel 27, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 249 marta