''Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha eng faol targ‘ibotchi'' tanlovining tuman bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Gurlan tuman Axborot – kutubxona markazida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Gurlan tuman bo’linmasi, Gurlan tumani Maktabgacha va мaktab ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda  “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Ijodiy-madaniy masalalar bo’yicha eng faol targ’ibotchi” tanlovining tuman bosqichi o’tkazildi.

Tanlovni o’tkazishdan asosiy maqsad umumta’lim maktablarining ijodiy-madaniy masalalar bo’yicha targ’ibotchilar yetakchiligi, ijodiy qobiliyati, maktablarda o’quvchilar o’rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, kitobxonlik tanlovlarida yuqori natija ko’rsatilganligi bo'yicha ha’kamlar-hay’ati tomonidan baholanib, fidoiy soha mutaxassislarini tanlashdan iborat bo’lib, yuqori natijalarga erishgan 32-maktab targ‘ibotchisi Sobirova Gulchiroy hamda 44-maktab targ‘ibotchisi Mamatsoliyeva Mardonlar faxrli I-o‘rinni egallab, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

 Faol ishtirokchilar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

 

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati


Aprel 12, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 264 marta