Сайт ҳаритаси | Давлат рамзлари | Форум
Мобил версия

Odam savdosi –millatga xiyonatdir.

Tinchlik –osoyishtalik  har bir insonga daxldor bo’lgan  hayotiy
zaruratki,uni saqlash shu yurtda yashaydigan har bir fuqoroning
muqaddas burchi bo’lmog’i  kerak.  
Shavkat  Mirziyoyev.
Yigirma birinchi asr taraqqiyot asri bo’lishi bilan bir qatorda, jiddiy glabal muammolari bilan insoniyatni xavotirga  solayotgani ham sir emas. Ularni yuksak aql-idrok ,aniq va chuqur o’ylangan  amaliy chora-tadbirlar ,taklif va tashabbuslar orqali hal etish bugungi kunda jahon hamjamiyati oldida turgan  vazifalaridan biri bo’lib qolmoqda.Shunday global muammolardan biri "Odam savdosi ”dir. U hudud, chegara ,millat tanlamaydigan mudhish jinoyatdir.
   Insniyat tarixidagi eng mudhish qullik tushunchasi o’tmishda  qolib ketgani yo’q,u hamon turli shakl-shamoyillarda davom etmoqda.Endi kimningdir qo’liga kishan solib ,yelkasiga qamchi urush shart emas.Zamonaviy qullar  zo’ravonlik ,qo’rqitish va tahdidlar osdida  uy xizmatchilik ,fohishalik,og’ir sharoitlarda ishlashga majbur qilmoqda.
   2013 yil Birlashgan Millatlar Tashkiloti tamonidan 30 iyul –Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish  kuni deb e’lon qilingan.Ayni paytda transmilliy  uyushgan jinoyatchilikning uzviy tarkibiy qismi  bo’lgan  bu turdagi jinoyat dunyo miqiyosida  keng tarqalmoqda .BMT va Migratsiya bo’yicha xalqaro tashkilot mutaxasislarning tahliliy xulosalariga ko’ra ,undan jabr ko’rganlar  soni bir necha millionlarini tashkil qilmoqda.Tashvishlanarlisi ,odam savdosi jinoyatidan jabrlanganlarning asosiy qismini ayollar va bolalar tashkil qilmoqda.Ayni vaqtda odam savdosi o’ta xavfli bo’lib ,turli jinoyatlarning sodir etilishiga zamin hozirlaydi.Odam savdosining jinoiy bozorigiyohvandlik vositalari va qurol-yarog’ vositalaridan keyin uchunchi o’rinni egallayotgani uning nechog’lik xavfli illat ekanligidan dalolatdir.
     Shu bois odam savdosiga qarshi kurashish bo’yicha  Prezidentimiz ta’kidlaganidek "O’z  bolangni o’zing asra”,”Bir bolaga yeti mahalla ota-ona” kabi shiorlar ostida harakat qilish ,ogoh bo’lish davr talabidir.Hozirda  mamlakatimizda yoshlarni to’g’ri yo’lga boshlash,avj olib kelayotgan ushbu muammolardan ularni himoya etish kerakligi,yurtdoshlarimiz  bu yo’lga adashib kirib qolmasligi ,qurbon bo’lib qolmasligi uchun yuksak ma’naviyatli bo’lishlari darkor.Shu maqsadda  O’zbekiston Respublikasi Oliy va Xalq  ta’lim vazirligi hamda manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda turli yot g’oyalar va tahdidlarga qarshi kurashish ,mafkuraviy immunitetni shakllantirish hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida targ’ibot-tashviqot tadbirlar  olib borilmoqda.Xususan  umumiy o’rta ta’lim maktablarining yuqori sinf o’quvchilari o’rtasida”Odam savdosi-davr muammosi”, ”Odam savdosi-millatga xiyonat”, ”Odam savdosi-hudud,chegara,millat tanlamaydigan mudhish jinoyatdir” mavzularida  insholar va rasmlar tanlovlari o’tkazib kelinmoqda.
     Davlatimizning milliy xavfsizligini ta’minlash faqat davlat yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi bo’lib qolmay,balki har bir fuqaroning majburiyati va burchi hamdir. Zotan ,milliy xavfsizligimiz –biz yashayotgan mamlakat, jamiyatimiz, oilamiz,ota-onamiz, farzandlarimiz, qolaversa, kelajak avlodlarimiz xavfsizligidir.

                                     
                                    
      М.Matnazarova,
Xorazm viloyati Gurlan tumani 4-umumiy
 o’rta ta’lim maktabi ma’naviy-marifiy 
ishlar bo’yicha direktor  o’rinbosari.

O'xshash yangiliklar:
:*
E-Mail:
:
Полужирный Наклонный текст Подчеркнутый текст Зачеркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищенной ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
: *
2013-2015 © Гурлан тумани ҳокимлиги. Сайт Вилоят компютерлаштириш маркази томонидан ишлаб чиқилди. Барча ҳуқуқлар химояланган.

Flag Counter